Surxondaryoda 64,1 foiz aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi
Vohamizda joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida 190,1 km ichimlik suv tarmog‘i va 4 ta suv inshooti qurildi. Shuningdek, 96 mlrd so‘m mablag‘ evaziga 14 km ichimlik suvi va 4,7 km oqova suv tarmog‘i qurildi hamda rekonstruksiya qilindi. Sariosiyo tumanida 200 ming m³ ichimlik suv tozalash inshooti qurilishi to‘liq yakunlandi.
Megaloyiha hisoblangan “To‘palang” suv omboridan viloyatning 11 ta
hududiga ichimlik suvi tarmog'i qurish loyihasi doirasida Denov, Qumqo‘rg‘on,
Sariosiyo va Sho‘rchi tumanlaridagi 141,9 ming nafar aholi toza suv bilan
ta'minlandi.
Yil yakuniga qadar qo‘shimcha 52,7 km ichimlik suv quvurlari va 28 ta nasos uskunalari profilaktik ko‘rikdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar natijasida viloyat aholisining markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi 64,1 foizdan 64,7 foizga yetkaziladi.