18 Iyul 2024 yil
545
Surxondaryoda “30 kun hamkorlikda odam savdosiga qarshi” aksiyasi davom etmoqda!
Kuni
kecha Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Respublikasi Istiqbolli Avlod
ijtimoiy axborot markazi Surxondaryo bo‘limi, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi
bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati perinatal markazida “Odam savdosiga qarshimiz!"
shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Targ‘ibot tadbiri davomida “Odam savdosi” va “Chaqaloq
savdosi”ning oldini olish, unga qarshi kurashish bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga
mavzuga oid axborot materiallari, bukletlar ham tarqatilib ogohlikka chorlovchi
plakatlar joylashtirildi.