Surxondaryo vohasida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan ta’minlash hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish ishlari o‘rganildi.
Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga binoan, fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, aholini qish mavsumida energiya resurslari (elektr, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir, issiq suv) bilan to‘liq ta’minlash hamda bu borada tegishli idora va tashkilotlar vakillarining mas’uliyatini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida ham amalga oshirilib kelinmoqda.
Joriy yilning 21
dekabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Timur Ismailov boshchiligida soha
mas’ullari hamda hamkor tashkilotlarning mutasaddilari ishtirokida ijtimoiy soha
ob’ektlari, shifoxonalar, ko‘p qavatli uylardagi issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar
faoliyati bilan yaqindan tanishildi. U yerdagi mavjud imkoniyat va sharoitlar o‘rganilib
aniqlangan kamchilliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar
berildi.
O‘rganish davomida
Termiz shahar Tibbiyot birlashmasidagi qozonxonaning issiqlik manbaini ishlab chiqaruvchi
quvvati hamda Tibbiyot birlashmasi kasalxonaning issiqligi, bemorlar uchun yaratilgan
shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, Tibbiyot birlashmasi mas’ullari hamda
ishchi xizmatchilari bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, o‘rganish
manzili Termiz shahar Ma’rifat mahallasi hududida joylashgan Termiz shahar gaz ta’minoti
bo‘limi u yerdagi aholiga gaz yetkazib berish sharoitlari, navbatchilik qismi faoliyatlari
bilan tanishilib, muammoa va kamchilliklari o‘rganildi.
Keyingi o‘rganish
manzili Termiz shahar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning ETK-6-110kv MNEMOS sxemasi,
elektr energiyasida nosozlik va avariya holatlari sodir bo‘lganda aholiga tezkorlik
bilan xizmat ko‘rsatuvchi “Tezkor chiqish avtomobil” guruhlari hamda tezkor navbatchilik
faoliyatining muammo va kamchilliklari o‘rganildi.
Bundan tashqari, “Manguzar” YPX maskanida tungi xizmatga jalb qilingan sohaviy xizmat xodimlari tomonidan olib borilayotgan tungi xizmat faoliyatini o‘rganib, xodimlarga yo‘riqnoma o‘tkazilib, aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.