22 Iyul 2024 yil 456

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida otaliqqa olingan hamda og‘ir toifadagi yoshlar uchun konsert dasturi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 13 sentabr kunidagi 468-sonli “Uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikga qarshi kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxandaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Inoqovga biriktirilgan Termiz shahar 3 sektor hududida yashovchi og‘ir toifadagi hamda otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda madaniy hordiq chiqarishlari uchun Termiz shahar madaniyat bo‘limi xodimlari hamda xonandalari ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.

Konsert dasturi davomida, hududlarda yoshlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan sport musobaqalari hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faolt ishtirok etayotgan yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech