28 Oktyabr 2023 yil 797

Surxondaryo viloyatining Termiz hamda Angor tuman hududlarida “Yashil makon” dasturi doirasida manzarali ko‘chatlar ekilmoqda

Joriy yilning 25 oktabr kunidan 1 dekabr kuniga qadar mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida “kuzgi daraxt ekish mavsumi” o‘tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan ayni jarayonda yurtimiz bo‘ylab 85 million tup, viloyatimizda esa qariyb 7 million tupdan ortiq  ko‘chat ekish ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.Ismoilov, Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi hamda viloyat IIB mas’ul xodimlari, tuman IIB rahbariyati va xodimlari ishtirokida Termiz - Angor tumanlarini tutashtiruvchi M39 magistral yo‘lining ichki ishlar boshqarmasiga tegishli 6 km hududiga bog‘bonlar bilan maslahatlashgan holda ularning tajribalari asosida jami 5 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Tadbir doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlarini sug‘orish va parvarishlash bo‘yicha masullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech