Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabida viloyat IIB boshlig‘i tomonidan o‘rganishlar olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 martdagi “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash borasida Surxondaryo viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Termiz shahrida
joylashgan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Boshqarma boshlig‘i tomonidan
olib borilgan o‘rganishlar davomida, maktab hududining obodonlashtirilishi, ta’lim
sifati, o‘quvchi va o‘qituvchilar xavfsizligi, hudud infratuzilmasi va maktabning
moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishildi.
Tashkiliy va tarbiyaviy-metodik yo‘nalishda ham manzilli
yordam ko‘rsatish maqsadida mas’ul shaxslar belgilanib, ularning muntazam ravishda
faoliyat ko‘rsatishlari nazoratga olindi.
Maktab hududi, o‘quv xonalari, kutubxona, oshxona va sport zali ko‘zdan kechirildi. Ta’lim dargohining moddiy texnik bazasini mustahkamlash, o‘qituvchilar bilim va malakasini oshirish, o‘quvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlanib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.