Surxondaryo viloyatining kriminogen vaziyati og‘ir mahallalari vakillari ishtirokida seminar-trening o‘tkazilmoqda.
Hududlarda Sayyor
o‘quv-mashg‘ulotlari ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish maqsadida
tashkil qilinmoqda.
Bunda O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, davlat hokimligi va idoralari,
huquq tartibot organlari, jamoat tashkilotlari
mas’ullari tomonidan ijtimoiy profilaktikaning mazmun-mohiyati, fuqarolar bilan
ishlashda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash mexanizmlari, “mahalla
yettiligi” vakillarining ijtimoiy profilaktika obektlari bilan amalga oshiradigan
chora-tadbirlari, shuningdek, faoliyatga oid hujjatlarni yuritish tartibi batafsil
tushuntirilmoqda.
Termiz muhandislik texnologiya institutida tashkil etilgan
sayyor o‘quv mashg‘ulotida, vohaning 7 ta tuman sektor rahbarlari hamda “qizil toifa”ga
kiritilgan 27 ta “mahalla yettiligi” faollari ishtirok etishdi.
Ushbu sayyor o‘quv-mashg‘ulotida Surxondaryo viloyati
IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik M.Boltaev
ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar siyosati
va sport vazirligining 2023 yil 30 mart kunidagi qo‘shma qaroriga binoan, viloyatda
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha “mahalla yettiligi”ga aniq vazifalar belgilab berilganligi, bu esa o‘z navbatida
mahallalarda aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf
etish, jinoyatchilikni
jilovlash, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida o‘zini ijobiy natijalarini bera boshlaganligi
alohida qayd etildi.
Shuningdek, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mahalla
institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va aholi muammolarini hal etishda birinchi
bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlash borasida qabul qilingan Farmon va Qarorlari sektor rahbarlari va mahalla
mas’ullari uchun juda katta imkoniyat yaratilganligi ham ta’kidlandi.
Bundan tashqari mahalla faollarining har birining o‘z xizmat vazifalarida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish
va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha vazifalar haqida so‘z yuritildi.
Surxondaryo viloyatidagi sayyor mashg‘ulotlari “mahalla
yettiligi” a’zolarining bilim va ko‘nikmalari oshirilishi borasidagi ishlar vohaning
boshqa mahallalarida ham o‘tkazilishi davom etmoqda.