30 Oktyabr 2024 yil 290

Surxondaryo viloyatining shimoliy mintaqaviy hududida istiqomat qiluvchi ovchilar o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 29-30 oktabr kunlari Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi “Nazorat litsenziyalash faoliyati guruhi” mas’ul xodimlari tomonidan Shimoliy mintaыaviy hudud tarkibidagi Sho‘rchi, Oltinsoy, Denov, Sariosiyo va Uzun tuman IIBlari hisobida turgan ov quroli egalari bilan o‘quv seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

O‘quv seminarida, 2022 yil 31 may kunida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-772-son Qonuni qabul qilinganligi munosabasi bilan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni berish, ularga egalik qilishning talablari va shartlari tushuntirildi.

Shuningdek, Ichki ishlar organlari tomonidan o‘qotar qurol egalari o‘rtasida shaxsiy o‘qotar qurolni o‘rnatilgan tartibda saqlash va undan xavfsiz foydalanish tartibotlarini targ‘ib qilish, ushbu qoidalarga to‘la-to‘kis amal qilishini bo‘yicha muntazam ravishda tilxatlar olinishi yo‘lga qo‘yilganligiga qaramasdan, qurol egalari tomonidan ov qurolini saqlash qoidalariga amal qilmasligi, belgilangan joylarda saqlamasligi oqibatida og‘ir oqibatli favqulodda xodisalarning sodir etilishi davom etayotganligi bo‘yicha ovchilarga tushuntirishlar ham berildi.

Text to speech