Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbiri doirasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Respublikamiz hududida
joriy yilning 3 avgust kunidan 5 sentabr kuniga qadar “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi
jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi qo‘shma Qarorga asosan Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi
xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va uning quyi tizim xodimlari
tomonidan jamoat transportlarida, jamoat joylarida, shohbekatlarda, bozorlarda,
axoli gavjum joylarda, fuqarolarning xonadonlarida, korxona va tashkilotlarda, ko‘cha va hiyobonlarda
fuqarolarimizni ushbu turdagi jinoyatlar qurboniga va sub’ektika aylanib qolmaslik
yuzasidan targ‘ibot va profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Ushbu targ‘ibot
tadbirlari davomida fuqarolarimiz himoyalanish maqsadiga qaratilgan ogohlik va hushyorlikka
chorlovchi bannerlar, tarqatma buklaetlar tarqatilib, targ‘ibot va tashviqot ishlari
olib borilmoqda.
Ushbu oylik doirasida,
vohamiz mehmonlari va fuqarolaridan hushyorlik va ogohlik talab etilgan holda faol
ishtirok etishlari so‘raladi.