15 Avgust 2024 yil 251

Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida o‘tkazilayotgan "Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi" maxsus-kompleks profilaktik tadbirlari doirasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, mahallalarda, savdo do‘konlarida va jamoat joylari, jamoat transportlarida aholi vakillariga o‘g‘irlik va boshqa turdagi jinoyatlar qurboniga aylanib qolmaslik borasida keng qamrovli targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Targ‘ibot tadbirlarida fuqarolarning o‘z mol-mulklariga e’tiborsiz munosabatda bo‘lmasliklari tushuntirilib, bu kabi holatlar ko‘plab jinoyatlarning kelib chiqishiga  sabab bo‘layotganligi hayotiy misollar orqali yetkazilmoqda.

Bundan tashqari, barcha shahar-tumanlarning avtomobillar va aholi gavjum hududlariga o‘rnatilgan, fuqarolar diqqatini tortadigan elektron monitorlar orqali o‘g‘irlik va firibgarlik jinoyatlaridan ogohlikka chaqiruvchi qisqa videoroliklar doimiy ravishda ko‘rsatib borilmoqda.

Vohaning barcha hududlarida "Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi" maxsus-kompleks profilaktik targ‘ibot  tadbirlari izchillik bilan davom etmoqda.

Text to speech