21 Iyun 2024 yil 306

Surxondaryo viloyatidagi “mahalla yettiligi” vakillari uchun IIV Akademiyasi tomonidan “ijtimoiy profilaktika” sohasiga oid o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy yilning 19-22-iyun kunlari Surxondaryo viloyatidagi kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning “mahalla yettiligi” vakillari bilan “ijtimoiy profilaktika” tizimi samaradorligini oshirish yuzasidan ikki kunga mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlari belgilangan taqsimotga ko‘ra Sherobod hamda Denov tumanlarida bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulotlar Akademiya professor-o‘qituvchilari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman) Surxondaryo viloyati mintaqaviy vakili Artiqov Abdirashid Zairovich tomonidan ishtirokchilarga mashg‘ulot mavzulari ko‘rgazmali taqdimot materiallari va o‘qitishning interfaol usullaridan foydalanilgan holda amaliy misollar bilan tushuntirildi.

O‘quv mashg‘ulot davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Mashg‘ulotlar yakunida mahalla yettiligi a’zolarining olgan bilim va ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida test sinovlari olindi.

Text to speech