1 Aprel 2024 yil 463

Surxondaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, jamoat joylarida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib borilmoqda.

«Mamlakatimiz, shahrimiz va har bir mahallada tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash uchun barchamiz birdek mas’ulmiz. Befarq bo‘lmang!»  shiori ostida Surxondaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, savdo majmualari, ko‘ngilochar maskanlari, bozorlar va boshqa odamlar ko‘p to‘planadigan jamoat joylarida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib borishmoqda.

Viloyat markazidagi “Yashil dunyo markaziy dexqon oziq-ovqat” bozori hududi 9,9 ga bo‘lib, unda 748 ta savdo rastalari va 2 ta avtomabillar turar joyi hamda  277 ta savdo do‘konlari va 57 ta omborxona mavjud. Bozorda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash turli ko‘rinishdagi huquqbuzarlik va va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar evaziga nohush holatlarning oldi olinmoqda.  Bu osoyishtalikning ortida huquqtartibot xizmati xodimlarining katta mehnatlari borligini ta’kidlayotgan hamyurtlarimiz o‘z minnatdorchiliklarini ham bildirishmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak Termiz shahrining “Kattabog‘” mahallasi hududida joylashgan “Yashil dunyo markaziy dexqon oziq-ovqat” MChJ bozori atrof xududlariga jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadi 1 ta avtopatrul yo‘nalishiga 2 nafar Patrul-post xizmati xodimlari 1 nafar profilaktika inspektori, 5 nafar Milliy gvardiya xodimlari, xizmat olib borishmoqda. Huquqbuzarliklarning oldini olish va erta aniqlashda o‘rnatilgan kuzatuv kameralarining ahamiyati katta bo‘lmoqda. Bozorda jami 21 ta kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib 360 gradusli va yuzni tanib oluvchi kameralar nazorat organlariga intigratsiya qilingan.

Text to speech