8 May 2024 yil 339

Surxondaryo viloyatida uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha “Ichki ishlar vazirining kubogi” musobaqalarining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Mahalalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2024 yil 9 martdagi tegishli farmoyishiga asosan, Surxondaryo viloyatida uyushmagan yoshlar o‘rtasida Sportning “Voleybol” turi bo‘yicha “Ichki ishlar vazirining kubogi” musobaqalarining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Qizg‘in bahs va munozalarga boy kechgan musobaqada o‘g‘il bolalar terma jamoalari orasida:

1-o‘rinni Termiz shahar;

2-o‘rinnni Sherobod tumani;

3-o‘rinni Sho‘rchi tumani jamoasi qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, qizlar terma jamoalari orasida:

1-o‘rinni Sherobod tumani;

2-o‘rinnni Termiz shahar;

3-o‘rinni Denov tumani jamoasi qo‘lga kiritishdi.

Ushbu musobaqalarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, uyushmagan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha iqtidorli va iste’dodli yoshlarni seleksiya qilish orqali professional sport jamoalariga jalb etilishini ta’minlash, shuningdek, ular orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hisoblanadi.

Musobaqa yakunida g‘oliblarga kubog va qimmatbaho sovg‘alar Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadiev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech