Surxondaryo viloyatida tergov va surishtiruvchilar o‘rtasida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Surxondaryo viloyat prokuraturasida xodimlarning malakasini oshirish yuzasidan navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Unda viloyat prokuraturasi tergovchilari, Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, uning quyi bo‘linmalari tergovchi va surishtiruvchilari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirok etishdi.
O‘quv mashg‘ulotida Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘ining
birinchi o‘rinbosari, Baxtiyor Inoqov hamda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik
Xurshid Atanazarovlar ishtirok etishdi.
O‘quv mashg‘ulotida ishtirokchilarga tergov organi
xodimlari tomonidan jinoyat ishlarini tergov qilish davomida yo‘l qo‘yilayotgan
xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
O‘quv mashg‘uloti yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.