Surxondaryo viloyatida sektor rahbarlari afv etilganlarning muammolarini o‘rganishdi
Bugun, Surxondaryo viloyati hokimligida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i, viloyat prokurori hamda viloyat hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida, 2024 yil 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi PF-210 sonli Farmoni bilan qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan muddatidan oldin afv etilib, ozod etilgan shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Viloyat
hududidan jami 28 nafar, shundan 27 nafari yashash manziliga qaytib, 1 nafari probatsiya
hisobidagi jazodan to‘liq ozod etilgan.
Yashash
manziliga qaytgan, 28 nafar afv etilganlarning oilaviy sharoiti va muammolari tinglandi.
Ularni
ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush
tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.
Yig‘ilishda,
ularga qo‘shimcha ko‘mak berish yuzasidan tegishli tashkilot hamda idora mas’ullariga
topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida, viloyat hokimligining Yangi yil sovg‘alari ulashildi.