14 Avgust 2024 yil 230

Surxondaryo viloyatida sektor rahbarlari va mas’ullari ishtirokida yoshlar jinoyatchiligi muhokama qilindi.

Joriy yilning 14 avgust kuni Qiziriq tumani hokimligi binosida  viloyat hokimi U.B.Qosimov rahbarligida “viloyatda  yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, otaliqqa olingan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar ahvolini o‘rganish"ga bag‘ishlangan videoselektor tarzidagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Dastlab Qiziriq tumani hududida istiqomat qilayotgan, mas’ullarga biriktirilib, otaliqqa olingan yoshlarning ijtimoiy muammolari, turmush sharoitlari, foydali mehnatga jalb qilinganligi va boshqa bir qator masalalarda o‘rganishlar  olib borildi.

Shundan so‘ng tuman hokimligi binosida viloyat va shahar-tuman sektor rahbarlari, huquq-tartibot idoralari rahbarlari, tegishli tashkilot mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan, viloyat IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari polkovnik Timur Ismailov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, unda 2023 yilning 28 iyul kuni Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan video-selektor yig‘ilishda hamda 16-17 noyabr kunlari viloyatimizga tashriflari davomida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish borasida muhim masalalar bo‘yicha topshiriqlar berilganligini qayd etib, ushbu topshiriq asosida, har-bir mahallada ijtimoiy muammolar “oilabay” aniqlanib, “Xavfsiz xonadon” va “Xavfsiz hovli” tizimi asosida xizmat olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Shuningdek hozirda, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport tadbirlariga jalb etish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Ular orasida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, otaliqqa olingan yoshlar bilan manzilli ishlarni izchillik bilan davom ettirish,  ma’naviy dunyo qarashini mustahkamlash, ichki ishlar organlarining asosiy vazifasi etib belgilanganligi, bu borada maxsus profilaktik tadbirlar bilan birgalikda umum-ta’lim muassasalari, kasb-hunar maktablari, oliy ta’lim muassasalari va mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari ham izchillik bilan amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilgan bir vaqtda, ayrim yoshlar tomonidan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilayotganligiga alohida to‘xtalib, bularning oldini olishda oilaning, mahallaning  kerak bo‘lsa keng jamoatchilikning o‘rni yetarli darajada sezilmayotganligi haqida to‘xtalib, bunga asosli misollar keltirildi.

Yig‘ilish yakunida, yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq  chora-tadbirlar belgilanib mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech