Surxondaryo viloyatida Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarorlari ijrosi hamda joriy yilning 6 oyida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Viloyat prokuraturasining katta majlislar zalida video selektor tarzida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda Surxondaryo viloyat prokurori Baxtiyar Babadjanov, viloyat Davlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i Aliyor Eshmatov, viloyat IIB boshlig‘i Timur Ismailov, viloyat soliq boshqarmasi rahbari Erkin Narmanov, viloyat hokimi o‘rinbosari, tegishli tashkilot boshliqlari, barcha shahar-tuman hokimlari, prokuror, ichki ishlar, soliq boshliqlari va mas’ullar ishtirok etishdi.
Ushbu muhokama yig‘ilishida, Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi
PQ-1-son qarorlari ijrosi, mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi
ishlar, joriy yilning birinchi yarmida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt
oldini olish bo‘yicha vazifalar ijrosi muhokama
qilindi.
Shuningdek, “Ye-material” axborot tizimiga jinoyatga oid ariza,
xabarlarni to‘liq va sifatli kiritish, hisobga olish hamda ijro intizomiga rioya
etilish holati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar
muhokama etildi.
Qolaversa, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, fuqarolarimizni huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini
ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, qonun ustuvorligini ta’minlash
borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan manzilli ishlar bo‘yicha topshiriqlar
berildi .
Yig‘ilishda, amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilayotgan tizimli kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan mutasaddi idoralar hisobotlari eshitildi, muammoli jihatlar bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar berildi. Topshiriqlarni to‘liq va samarali bajarish maqsadida muvofiqlashtirilgan hamkorlik ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.