11 Yanvar 2025 yil 594

Surxondaryo viloyatida Patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, aholi osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tazilmoqda.

Xizmatga jalb etilayotgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati bataloni xodimlari tomonidan korxonalar, tashkilotlar, ta’lim muassasalari, restoranlar, kafe-bar, internet klublar, dorixonalar, savdo do‘konlari, maishiiy xizmat ko‘rsatish muassasalarida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Ushbu targ‘ibot tadbirlari davomida, fuqarolarga jinoyat va huquqbuzarliklar, shubhali shaxslar va shubxali buyumlar hamda boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning guvohi bo‘lganda zudlik bilan PPX xodimlariga xabar berishlari tushuntirilmoqda. Shuningdek, aholi gavjum bo‘lgan joylar, bekatlar, bankomatlarga PPX bataloni navbatchilik qismi telefon raqamlari qayd etilgan bukletlar ko‘zga ko‘rinadigan, insonning e’tibori tushadigan joylarga  ilib chiqilmoqda.

Targ‘ibot tadbirlarida fuqarolarga har qanday shubhali vaziyatlar yuzasidan xabar berish har bir fuqaroning fuqarolik burchi ekanligi, xabar bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi, kelib tushgan xabar va ma’lumotlar bo‘yicha PPX xodimlari sukaning har qanday vaqtida zudlik bilan voqea joyiga yetib borishi, har bir IIO xodimlarining vatanga va halqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchi ekanligi tushuntirilmoqda. 

Huddi shu kabi targ‘ibot tadbirlari PPX xodimlari xizmat olib boradigan viloyatning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.

Text to speech