Surxondaryo viloyatida navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti tashkil etildi
Joriy yilning 14 dekabr kuni, "Dolzarb 40 kunlik" oyligi davomida IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan tuzilgan rejaga muvofiq Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov bo‘linmalari shaxsiy tarkibi hamda aloqador organlar ishtirokida “Giyovandlik vositalari yoki psixtrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat bo‘lgan jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar” o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida ishtirokchilarga
mavzu yuzasidan batafsil tushunchalar berilib,
ushbu turdagi jinoyat ishlarinini tergov qilish davomida yo‘l qo‘yib kelinayotgan
xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy tushunchalar berildi.
O‘quv mashg‘uloti yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.