30 Oktyabr 2024 yil 279

Surxondaryo viloyatida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Joriy yilning 30 oktabr kuni, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Xurshid Atanazarov tomonidan Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on, Termiz, Angor tumanlari fuqarolari uchun viloyat IIB binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida asosiy e’tibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun mas’ul xodimlar qatnashishlari ta’minlandi.

Qabul davomida, Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jami 16 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. 

Ushbu 16 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, 10 tasi joyida ijobiy hal etildi, 6 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech