2 Iyul 2024 yil 429

Surxondaryo viloyatida “kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda

Joriy yilning 2 iyul kuni  Termiz shahar Madaniyat uyi binosida viloyat IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi hamda Markaziy bank mas’ullari hamkorligida fuqarolarda "kibergigiena"ni shakllantirish maqsadiga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida aholiga kiber jinoyat turlari, ularning himoyalanish usullari hamda o‘tkazilayotgan targ‘ibot oyligi davomida o‘tkaziladigan ko‘rik tanlovlar haqida so‘z yuritilib, tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilariga kiber jinoyatdan himoyalanish usullari va yo‘llari aks etgan bukletlar tarqatildi.

Text to speech