7 Noyabr 2024 yil 510

Surxondaryo viloyatida “Kelajak sari” profilaktik tadbiri doirasida “Kimning qo‘li shirin?” pazandalik tanlovi o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati hududida yashovchi 10 nafar 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil, tarbiyasi og‘ir bo‘lgan va salbiy xatti-harakatlar sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olingan yoshlar (qizlar) o‘rtasida “Kelajak sari” profilaktik tadbiri davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tadbirning 10 kunida  “Oshpazlik mahorati” musobaqa tashkil etildi. Unda o‘zbek milliy taomlaridan osh va salatlar tayyorlash bo‘yicha ishtirokchilar bahslashishdi. Ularga Markaz tarbiyachisi serjant Sarvinoz Safarova bosh-qosh bo‘lib, taom tayyorlash sirlarini o‘rgatib, amaliy ko‘mak berdi.

Vaholanki, bu kabi tanlovlar qizlarimizni bekalikka tayyorlashda asqotadi.

Text to speech