Surxondaryo viloyatida Inspektor-psixologlarning malaka tajribalari oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari
general-mayor B.T.Abdullaev huzurida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, joriy
yilning 4-10 noyabr kunlari inspektor-psixologlarni joylarda xizmatdan ajratgan
holda o‘qitish topshirig‘i berilgan edi.
Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati hududida faoliyat
olib borayotgan 164 nafar inspektor psixologlar (shundan 12 nafari ayol xodimlar)ni
kasbiy-jangovar tayyorgarligini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish
maqsadida, Termiz tumanida joylashgan Jabuniy-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi Janubiy-operativ
qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismda, xizmatdan ajratgan holda o‘qitish ishlari
olib borilmoqda.
Inspektor-psixologlarni o‘qitish ularga qo‘shimcha kasbiy
va amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida, viloyat IIBning sohaviy xizmatlari,
prokuratura organlari, adliya va boshqa bir qator davlat va tashkilot idoralari
mutaxassislari tomonidan o‘quv dastur asosida o‘quv mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek,
xodimlar harbiy qismda saf maydoni va stadionda xodimlarga saf va sport mashg‘ulotlari,
ertalabki va kechki yo‘riqnomalar belgilangan tartibda o‘tkazilmoqda.