Surxondaryo viloyatida Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi, harbiy xizmatchilari, pensionerlar ularning oila a’zolari hamda ishchi va xizmatchilari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirining 2024 yil 29 yanvar kunidagi 38-sonli buyrug‘iga asosan IIV Tibbiyot boshqarmasi
tizimidagi markaziy tibbiy muassasalar malakali mutaxassis-shifokorlari ishtirokida
biriktirilgan tarkibga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash,
davolash va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish, shaxsiy tarkib
orasida o‘tkazilayotgan profilaktik tibbiy ko‘rik samaradorligini oshirish, kasalliklarni
yashirin davrlarda erta aniqlash va davolashni tezkor tashkil etish maqsadida IIV Markaziy Gospitali, “O‘zbekiston” sanatoriyasi,
IIV Markaziy poliklinikasi va Tibbiyot boshqarmasi mutaxassis-shifokorlari ishtirokida
Surxondaryo viloyati IIB DPM Tibbiyot bo‘limiga biriktirilgan shaxsiy tarkibi, nafaqaxo‘rlari, 4-Mintaqaviy hudud, 9-son Tergov xibsxonasi,
O‘z.R. Milliy Gvardiyasi Surxondaryo viloyati QB va ularning oila a’zolari shuningdek,
uylarida yotib qolgan ichki ishlar organlari faxriylari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish
uchun 3 kun davomida 2024 yil 22-24 aprel kunlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik davomida jami 703 nafar bemor ko‘rilib,
34 bemorga statsionar 109 bemorga ambulator, 37 sanator-kurort davo muolajalari tavsiya qilindi.
Xizmat chog‘ida olgan jarohati va kasalligi tufayli nogiron
bo‘lib qolgan fahriylarni, yashash xonadonlariga borib ko‘rilgan 7 nafar, 1 nafar III larida ishlab kelayotgan xozirda kasalligi
sababli kasalxonada davolanayotgan xodim jami 8 nafar bemorlar ko‘rildi.Shulardan 5 nafariga ambulator sharoitida davolanish,
3 nafariga statsionar sharoitda davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.