Surxondaryo viloyatida ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik tanlovining 4-mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi.
Bugun Surxondaryo viloyatida,
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 13-iyundagi "Ichki
ishlar organlari tizimida ""Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik tanlovini
o‘tkazish to‘g‘risida"gi tegishli buyrug‘i va 2024-yil 4-apreldagi farmoyishi
ijrosini taminlash, shuningdek "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovi
bo‘yicha istedodli yosh xodimlarni aniqlab, ularni Ichki ishlar vazirligi terma
jamoasiga jalb etish, mazkur yo‘nalishda kelgusida o‘tkazilishi rejalashtirilgan
"Oliy liga-2024" musobaqasida faxrli o‘rinlarni egallashga yo‘naltirilgan
musobaqaning 4-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat markazida qad roslagan muhtasham "San’at saroyi"da bo‘lib o‘tgan musobaqa jarayonlarida ishtirokchilar, avvalo tanishtiruv sharti, so‘ngra, qisqa savol-javob ya’ni improvizatsiya, musbaqa so‘ngida erkin mavzu shartlarida o‘zlarining aktyorlik mahoratlari, hozirjavobligi hamda jamoa bilan ishlash qobilyatlarini namoyon etishdi.
Surxondaryo viloyati IIB mezbonlik qilgan "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovi yakuniy natijalarga ko‘ra:
3-o‘rinni Qashqadaryo viloyati
IIB ning "Quvnoq viruslar" jamoasi
2-o‘rinni Buxoro viloyati IIBning
"Sheryurak" jamoasi, faxrli birinchi
o‘rinni esa, Surxondaryo viloyati IIBning "O‘n besh sutka" jamoasi a’zolari
egalladilar.
Surxondaryo viloyati
IIB xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB xodimlari jamoalari musobaqaning Respublika
bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. G‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho
esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.