16 Iyun 2025 yil 462

Surxondaryo viloyatida ichki ishlar organlari sohasiga oid navbatdagi “Ommaviy sayyor qabul” o‘tkazildi.

Mamlakatimizda mas’ul rahbarlar tomonidan aholining dard-u tashvishi bilan yashash, ularning muammolarini o‘rganish va  bartaraf etish bugunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Shu boisdan yurtdoshlarimizning o‘z turmushidan va bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash har bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklamoqda.

Fuqarolar tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha kelib tushayotgan ariza va shikoyatlarni aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali har tomonlama chuqur o‘rganish va qonuniy hal etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish hamda murojaat qiluvchilarning  Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini osonlashtirish maqsadida, 2025 yil 15 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar Vaziri o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov hamda Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Timur Ismailovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi binosida jismoniy va yuridik shaxslar bilan “Ommaviy sayyor qabuli” o‘tkazildi.

Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etishdi.

“Ommaviy sayyor qabul” davomida fuqarolar o‘zlarining tergov — surishtiruv, ishga qabul qilish, yo‘l harakati xavfsizligi, fuqarolikni rasmiylashtirish, moddiy yordam, oila turmush doirasidagi nizolarga barham berish, mol-mulk mojarosi, pul oldi berdi masalasi va boshqa turli ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.

Qilingan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar sohaviy xizmatlar tomonidan ko‘rib chiqish uchun muddat talab etganligi sababli, ushbu murojaatlarning ijrosi alohida nazoratiga olindi.

Text to speech