Surxondaryo viloyatida ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatiga doir bilim hamda ko‘nimalarini oshirish bo‘yicha sayyor o‘quv yig‘inlari tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Abdullaev
tomonidan 2023-yil 7-oktabr kuni tasdiqlangan sayyor o‘quv
dasturiga asosan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarining barcha profilaktika (katta) inspektorlarining malakasini oshirishga
doir onlayn o‘quv yig‘inlari tashkil etildi.
Ikki kun davomida o‘tkazilgan sayyor o‘quv yig‘inlarida
profilaktika (katta) inspektorlarining huquqiy bilimlari va kasbiy mahoratlarini
oshirish choralari ko‘rilib, bunda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining professor
o‘qituvchilari, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sudi raisi A.Mirzaevlar tomonidan zamonaviy interfaol usullari hamda o‘quv
vositalaridan foydalanilgan holda tezkor va kriminogen vaziyatni o‘rganish va tahlil
qilish, favqulotda vaziyatlar yuzaga kelganda tez va to‘g‘ri qaror qabul qilish
bo‘yicha malakalarini shakillantirish, profilaktika (katta) inspektorlarining xizmat
faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar
berildi.
Shuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining xizmat
qilayotgan hududlariga mos, ya’ni shahar va qishloq sharoitida faoliyatni olib borishga
doir bilimlari ham oshirilib, sohaga oid huquqiy xujjatlar mohiyati va mamlakatimizda
kechayotgan siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy islohatlardan habardorligi ta’minlandi.
Sayyor
o‘quv mashg‘ulotlarida Mamalakatimiz Predidentining 2021-yil 29-noyabr kunidagi
“O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarga ham alohida
e’tibor qaratilib, ushbu farmon maqsad va vazifalari haqida atroflicha tushunchalar
berildi.