28 Sentyabr 2023 yil 701

Surxondaryo viloyatida Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019 yil 8 avgust kunidagi “Ichki ishlar organlarida formali kiyim-bosh kiyib yurish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi tegishli buyruq talablariga asosan, shuningdek, shaxsiy tarkibni formali kiyim-boshlarni o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga rioya etishlarini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 28 sentabr kuni boshqarmaning sohaviy xizmatlari shaxsiy tarkibi bilan Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadining saf maydonida hamda barcha shahar-tuman Ichki ishlar boshqarma va bo‘limlarining saf maydonlarida saf ko‘rigi o‘tkazildi.

Saf ko‘rigini o‘tkazish davomida biriktirilgan rahbar va mas’ul xodimlar tomonidan shaxsiy tarkibning belgilangan formali kiyim-boshni o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga amal qilishi, tashqi ko‘rinishi, xizmat guvohnomalarining mavjudligi va tabel qurollarining biriktirilganligiga hamda ularning saf tayyorgarlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Saf ko‘rigini o‘tkazish davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida viloyat Ichki ishlar organlarining barcha rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, saf ko‘rigida ishtirok etgan xodimlarning saf tayyorgarlik ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, safdan chiqish va safga qaytish, harbiycha salom berish hamda tantanali yurish usullarini mukammal o‘zlashtirishlariga alohida e’tibor qaratilib amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech