Surxondaryo viloyatida “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbirlari boshlandi.
Yurtimiz mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish maqsadida,
viloyat IIB, viloyat prokuraturasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi,
Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda boshqa bir qator mas’ul boshqarma va idoralarning
qo‘shma qaroriga asosan joriy yilning 3 avgust kunidan 5 sentabr kuniga qadar viloyat
miqyosida keng qamrovli “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi
oyligi” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirda barcha davlat va jamoat tashkilotlari
hamkorlikda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt olidini olish borasida faoliyat
olib borishi bilan birgalikda aholini ijtimoiy profilaktika sohasida qo‘llab quvvatlash,
ularning muammolariga yechim izlash maqsadi ham ko‘zda tutilgan.