16 Iyun 2025 yil 581

Surxondaryo viloyatida “Yagona migratsiya idoralararo ma’lumotlar bazasi” joriy etilishi munosabati bilan amaliy - seminar mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan inson qadri ulug‘lash, ularning xaq-huquqlarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholining ijtimoiy muammolarini hal etishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Hususan, Prezidentimiz tomonidan 2024 yil 4 aprel kuni “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qabul qilingan farmoni ijrosi ta’minlash maqsadida mehnat migranti sifatida xorijiy davlatlarga ketgan va qaytib kelgan fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy axvolini o‘rganish, ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlash maqsadida “Yagona migratsiya idoralararo ma’lumotlar bazasi” yaratildi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 16 iyun kuni Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida, Termiz, Angor, Muzrabot tuman ichki ishlar bo‘limlari hamda  Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi, Qiziriq tuman hokimligi binosida Qiziriq, Boysun, Sherobod, Bandixon tumanlari ichki ishlar bo‘limlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari profilaktika inspektorlari ishtirokida amaliy- o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tashkil etilgan o‘quv seminarda,       mazkur elektron dastur quyidagi qulayliklarga egaligi tavsiflandi. Jumladan:

- xorijiy davlatlarga ketgan va qaytib kelgan migrantlar haqida to‘liq ma’lumotlar bazasi yaratish;

- migrantlarning ijtimoiy, iqtisodiy holati, oilaviy axvoli, muammolari, daromat miqdori va ish sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar olish va tahlil qilish;

- olingan ma’lumotlar asosida migrantlar va ularning oila a’zolari bilan ijtimoiy va profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va bu jarayonlarni monitoring qilish;

- xorijdagi fuqarolarning ish sharoitlarini o‘rganish, kam miqdorda daromat topuvchi fuqarolarni aniqlash va zaruriy yordamlar ko‘rsatish;

- qaytib kelgan fuqarolari ijtimoiy moslashtirish, mutasaddi korxa tashkilotlar bilan hamkorlikda mahalliy ish o‘rinlariga joylashtirishga xizmat qiladi.

Ushbu elektron dastur profilaktika inspektorlarining xizmat planshetlariga o‘rnatilib mahalla yettiligi bilan hamkorlikda fodalanib kelinmoqda.

Ish jarayonlarida xorijiy davlatlarda og‘ir hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan fuqarolar aniqlanib, ularni vatanga qaytarish va munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Elektron dastur ishlab chiqilishi migrantlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda ilk qadamlari hisoblanib, kelgusida bu kabi amaliy ishlar davom ettiriladi.

O‘quv seminar yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar olishdi.

Text to speech