Surxondaryo viloyatida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning soha bilan bog‘liq muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Surxondaryo viloyatida doimiy ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on hamda Termiz tumani fuqarolari uchun Jarqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida asosiy e’tibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning
muammolarini joyida ijobiy hal etishga hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratildi.
Qabul davomida, Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jami 11 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, 4 tasi joyida ijobiy hal etildi hamda 7 ta murojaatlar vaqt talab qilganligi bois mas’ul xodimlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.