12 Aprel 2025 yil 1022

Surxondaryo viloyatida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning soha bilan bog‘liq muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Surxondaryo viloyatida doimiy ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 12 aprel kuni, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Xurshid Atanazarov tomonidan viloyatning barcha shahar-tuman fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi Sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda asosiy e’tibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun mas’ul xodimlar ishtiroki ta’minlandi.

Qabul davomida, Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jami 15 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. 

Ushbu 15 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, 5 tasi joyida ijobiy hal etildi. 10 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech