Surxondaryo viloyatida “Yoshlar haftaligi” doirasida sayohat tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 yanvardagi “Respublikaga horijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-sonli farmoni hamda yanvar oyining birinchi o‘n kunligida “Yoshlar turizmi haftaligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan vohamizning bir guruh iqtidorli va faol o‘quvchi yoshlarni viloyat hududidagi va ko‘hna Samarqand shahrida joylashgan tarixiy-turizm ob’ektlariga sayohat uyushtirildi.
Tashkil etilgan ushbu sayohat davomida, ularning xavfsizliklari ta’minlanishi bilan birgalikda mas’ul xodimlar tomonidan mazkur qadamjolar tarixi va allomalar qoldirgan buyuk me’rosi haqida kerakli ma’lumotlar berildi.