4 Iyul 2024 yil 358

Surxondaryo viloyatida bank tizimlari xodimlari o‘rtasida kompleks targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

???? Markaziy bank Surxondaryo viloyat Bosh boshqarmasida joriy yilning iyul oyida o‘tkaziladigan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" targ‘ibot tadbirlarini samarali o‘tkazish bo‘yicha tijorat banklari vakillari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

 

???? Mazkur tadbirda tijorat banklari vakillariga firibgarlar tuzog‘iga tushmaslik hamda bir martalik tasdiqlash kodini oshkor qilmaslik to‘g‘risidagi videoroliklar hamda tarqatma materiallar targ‘ibot ishlarida foydalanish uchun taqdim etildi.

 

???? Kompleks targ‘ibot tadbirlari orqali fuqarolarning barcha qatlamlarini qamrab olish, xususan, bank xizmatlaridan foydalanuvchi har bir fuqaroga firibgarlik holatlaridan himoyalanish bo‘yicha tushuntirish berish amaliyotini joriy etish kelishib olindi.

Text to speech