29 Oktyabr 2023 yil 1282

Surxondaryo viloyati Jamaoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga rahbar tayinlandi.

Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi Deportamenti-Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbari polkovnik O.Ch.Saidov hamda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik A.S.Ismoilov boshchiligida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l transport hodisalarining oldini olish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va piyodalarning yo‘llarda xavfsiz harakatini ta’minlashga doir ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Yig‘ilishda qarorlar ijrosini ta’minlash va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish borasida mas’ullarga topshiriqlar berilib, Surxandaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari-Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan podpolkovnik Kamalov Dilmurod Darvishovich shaxsiy tarkibga tanishtirildi.

Kamalov Dilmurod Darvishovich 1979 yilda Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. IIV Akademiyasini va IIV Akademiyasinining magistratura bosqichlarini tamomlagan. 1997 yildan buyon Ichki ishlar tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelib, tayinlovga qadar Navoiy viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelgan.

Text to speech