Surxondaryo viloyati huquqtartibot idoralari rahbarlari huzurida “Prezident archasi” hamda Yangi yil bayramini tinch osoyishta o‘tkazish maqsadiga qaratilgan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.
Joriy yilning 22 dekabr kuni Surxondaryo viloyati IIBda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshliqlari huzurida videoselektor tarzidagi tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda viloyat huquqtartibot idoralari rahbarlarining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat boshliqlari, shahar-tuman IIB studiyalaridan tuman huquqtartibot idoralari boshliqlari, o‘rinbosarlari va sohaviy hizmat rahbarlari ishtirok etishdi.
O‘tkazilgan yig‘ilishda, “Prezident archasi” hamda Yangi
yil bayramini tinch osoyishta o‘tkazish, bayram va savdo yarmarkalari o‘tkazilayotgan
joylarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash,
viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen
vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlar, jinoyatchilikni jilovlash choralarini ko‘rish va
kuchaytirish masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida Pirotexnika vositalarining
viloyat hududiga noqonuniy kirib kelishi hamda savdosiga qarshi keskin chora-tadbirlar
amalga oshirilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.
Viloyat hamda tuman studiyalarida ishtirok etayotgan mas’ullarning
taklif va muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar
belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida, halqning bayramona kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday nohush holatlarning oldini olish, aholini elektr energiyasi va gaz ta’minoti, issiqlik manbai bilan uzluksiz ta’minlash choralari ko‘rilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.