29 Yanvar 2025 yil 1045

Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyat Kengashining kalendar rejasiga asosan 2025 yilning 27-28 yanvar  kunlari “14-yanvar vatan himoyachilari kuni” bayramiga bag‘ishlab, Termiz shahridagi Texnika universiteti sport majmuasida sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Sport musobaqasi murosasiz baxslarga boy bo‘lib, Surxondaryo viloyatida xizmat o‘tayotgan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiyasi boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiyasi  huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi, Davlat xavfsizligi xizmati boshqarmasi, Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari operativ qo‘mondonligi xodimlaridan iborat 8 ta terma jamoadan  jami 40 nafar sportchilar ishtirok etishdi.

Xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab borilgan ushbu nufuzli musobaqa natijalariga ko‘ra, ayollar o‘rtasida 1 o‘rinni Surxondaryo viloyati IIB,   2 o‘rinni   DXX Chegara qo‘shinlari Operativ qo‘mondonligi, 3 o‘rinni Milliy gvardiya boshqarmasi va DXX Chegara qo‘shinlari Operativ qo‘mondonligi xodimalari qo‘lga kiritishdi.

Erkaklar o‘rtasida 1 va 2 o‘rinlarni   DXX Chegara qo‘shinlari  Operativ qo‘mondonligi, 3 o‘rinni Milliy gvardiya boshqarmasi Qo‘riqlash boshqarmasi  va DXX Chegara qo‘shinlari Operativ qo‘mondonligi xodimlari qo‘lga kiritishdi.

G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” JTSJ Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Shu o‘rinda aytish joizki “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati qoshida tashkil etilgan “Kurash”, “Erkin kurash”, “DZYuDO”, “Qo‘l jang”, “Triatlon”, “Futbol” , “Yunon-Rum kurashi”, “Kombat aykido” “Voleybol” to‘garaklarida hozirgi kunda jami 527 nafar o‘smirlar  muntazam shug‘ullanishib respublika va xalqaro musobaqalarda munosib o‘rinlarni egallashmoqda.

Text to speech