Surxondaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat o‘tayotgan xodimlar o‘rtasida sportning “Volebol” turi bo‘yicha “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati raisi kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyat Kengashining kalendar rejasiga asosan, yilning 26-27 oktabr kunlari Termiz shahridagi viloyat IIB sport majmuasida Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o’rtasida, sportning “Volebol” turi bo‘yicha “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati raisi kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Sport musobaqasi murosasiz baxslarga boy bo‘lib, viloyatda xizmat o‘tayotgan Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi boshqarmasi, Ichki ishlar, Davlat xavfsizligi xizmati, IIB Qo‘riqlash hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi,
Termiz aeraportida xavfsizlikni ta’minlash aloxida bataloni xodimlaridan iborat
8ta ta terma jamoadan jami 64
nafar sportchilar qatnashdilar.
Xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab borilgan ushbu nufuzli musobaqa
natijalariga ko‘ra, 3-o‘rinni viloyat IIB Qo‘riqlash
boshqarmasi terma jamoasi, 2-o‘rinni Surxondaryo
viloyati IIB terma jamoasi egallagan bo’lsa,
faxrli 1- o‘rinni Davlat xavfsizligi boshqarmasi a’zolari qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘ini o‘rinbosari podpolkovnik Xo‘janov
Zavqiddin Murodinovich tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” JTSJ Surxondaryo
viloyati Kengashining diplom, medal va qimmatbaxo esdalik sovg‘alari bilan taqdirladilar.
Shu o‘rinda aytish joizki “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati qoshida
tashkil etilgan “Kurash”, “Erkin kurash”, “DZYuDO”, “Qo‘l jang”, “Triatlon”, “Futbol”
, “Yunon-Rum kurashi”, “Kombat aykido” “Voleybol” to‘garaklarida hozirgi kunda jami
427 nafar o‘smirlar muntazam shug‘ullanishib
respublika va xalqaro musobaqalarda munosib o‘rinlarni egallashmoqda.