Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat o‘tayotgan ayol xodimalari o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport
jamiyati Surxondaryo viloyat Kengashining kalendar rejasiga asosan 2025 yilning
10-11 mart kunlari Termiz shahridagi viloyat IIB Sport
majmuasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati Huquqni
muhofaza qiluvchi organlarida xizmat o‘tayotgan ayol xodimalari o‘rtasida
“Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati raisi kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Sport musobaqasi murosasiz baxslarga boy bo‘lib, Surxondaryo
viloyatida xizmat o‘tayotgan Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi
boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Ichki
ishlar boshqarmasi, Surxondaryo viloyati
IIB tibbiyot bo‘limi, Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasi ayol
xodimalaridan iborat 5ta terma jamoadan jami
40 nafar sportchilar katnashdi.
Xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab borilgan ushbu nufuzli
musobaqa natijalariga ko‘ra 1
o‘rinni Surxondaryo viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi terma jamoasi, 2 o‘rinni
Surxondaryo viloyati IIB-1 terma
jamoasi, 3 o‘rinni Surxondaryo viloyat
IIB Tibbiyot bo‘limi terma
jamoalari xodimalari qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya va
sport jamiyati Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan diplom, medal va
qimmatbaxo esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shu o‘rinda
aytish joizki “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati qoshida tashkil
etilgan “Kurash”, “Erkin kurash”, “DZYuDO”, “Qo‘l jang”, “Triatlon”, “Futbol” ,
“Yunon-Rum kurashi”, “Kombat aykido” “Voleybol” to‘garaklarida hozirgi kunda
jami 487 nafar o‘smirlar muntazam
shug‘ullanishib respublika va xalqaro musobaqalarda munosib o‘rinlarni
egallashmoqda.