Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat o‘tayotgan ayollar o‘rtasida sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyat Kengashining kalendar rejasiga asosan 2024 yilning 6-7 dekabr kunlari “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” bayramiga bag‘ishlab Termiz shaxridagi olimpiya va paralimpiya sport markazida sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat o‘tayotgan ayollar o‘rtasida viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
Sport musobaqasi murosasiz baxslarga boy bo‘lib,
Surxondaryo viloyatida xizmat o‘tayotgan
Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi
boshqarmasi, Surxondaryo viloyati
Favkulodda vaziyatlar boshkarmasi, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar
boshqarmasi; Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi, xodimlaridan
iborat 4 ta terma jamoadan jami 18 nafar sportchilar katnashdi.
Xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab borilgan
ushbu nufuzli musobaqa natijalariga ko‘ra 1 o‘rinni Surxondaryo viloyati IIB
xodimasi, 2 o‘rinni Surxondaryo viloyati IIB xodimasi, 3 o‘rinlarni Surxondaryo viloyati IIB va MGB xodimalari qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” JTSJ
Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaxo esdalik
sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shu o‘rinda aytish joizki “Dinamo” jismoniy tarbiya
va sport jamiyati qoshida tashkil etilgan “Kurash”, “Erkin kurash”, “DZYuDO”,
“Qo‘l jang”, “Triatlon”, “Futbol” , “Yunon-Rum kurashi”, “Kombat aykido”
“Voleybol” to‘garaklarida hozirgi kunda jami 527 nafar o‘smirlar muntazam shug‘ullanishib respublika va
xalqaro musobaqalarda munosib o‘rinlarni egallashmoqda.