Surxondaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining navbatdagi “Sayyor qabul”i bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda mas’ul rahbarlar tomonidan aholining dard-u tashvishi bilan yashash, ularning muammolarini o‘rganish va bartaraf etish bugunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Shu boisdan yurtdoshlarimizning o‘z turmushidan va bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash har bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklamoqda.
Fuqarolar tomonidan
sud-huquq masalalari bo‘yicha kelib tushayotgan ariza va shikoyatlarni aholi bilan
bevosita muloqot qilish orqali har tomonlama chuqur o‘rganish va qonuniy hal etish,
fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik
mehnat foliyati bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish hamda murojaat qiluvchilar
masu’l rahbarlar bilan ochiq muloqot qilishlarini osonlashtirish maqsadida, kuni
kecha Termiz shahridagi "Yoshlar markazi" binosida tashkil etilgan “Sayyor
qabul”da Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur
Ismailov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘rganildi.
O‘tkazilgan “Ommaviy
sayyor qabul”da, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari,
tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etishdi.
“Ommaviy sayyor qabul”
davomida fuqarolar o‘zlarining tergov — surishtiruv, ishga qabul qilish, yo‘l harakati
xavfsizligi, fuqarolikni rasmiylashtirish, modiy yordam, oila turmush doirasidagi
nizolarga barham berish, mol-mulk mojarosi, pul oldi berdi masalasi va boshqa turli
ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.
Qilingan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar sohaviy xizmatlar tomonidan ko‘rib chiqish uchun muddat talab etganligi sababli, ushbu murojaatlarning ijrosi boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratiga olindi.