Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida sportning “Sambo” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyat Kengashining kalendar rejasiga asosan 2024 yilning 16-17 dekabr kunlari “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” bayramiga bag‘ishlab Termiz shahridagi “Alpomish Arena” sport majmuasida sportning “Sambo” turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
Sport musobaqasi
murosasiz baxslarga boy bo‘lib, Surxondaryo viloyatida xizmat o‘tayotgan viloyat Milliy gvardiyasi boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat
Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Milliy
gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi, Davlat
xavfsizligi xizmati boshqarmasi, Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari
operativ qo‘mondonligi xodimlaridan
iborat 6 ta terma jamoadan jami 68 nafar sportchilar ishtirok etishdi.
Xalqaro toifadagi
hakamlar tomonidan baholab borilgan ushbu nufuzli musobaqa natijalariga ko‘ra 1
o‘rinni Surxondaryo viloyati IIB, 2 o‘rinni Surxondaryo
viloyati DXXB, 3 o‘rinni DXX Chegara qo‘shinlari
Operativ qo‘mondonligi xodimlari qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar O‘zbekiston
Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyat
Kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaxo esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shu o‘rinda aytish joizki “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati qoshida tashkil etilgan “Kurash”, “Erkin kurash”, “DZYuDO”, “Qo‘l jang”, “Triatlon”, “Futbol”, “Yunon-Rum kurashi”, “Kombat aykido”, “Voleybol” to‘garaklarida hozirgi kunda jami 527 nafar o‘smirlar muntazam shug‘ullanishib, respublika va xalqaro musobaqalarda munosib o‘rinlarni egallab kelishmoqda.