Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat o‘tayotgan xodimlar va xarbiy xizmatchilar o‘rtasida sportning “Kurash” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi
IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyat kengashining
kalendar rejasiga asosan 2024 yilning 6-7 noyabr kunlari Termiz shaxridagi Alpomish
sport majmuasida sportning “Kurash” turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza
qiluvchi organlarida xizmat o‘tayotgan xodimlar va xarbiy xizmatchilar o‘rtasida
viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
Sport musobaqasi
murosasiz baxslarga boy bo‘lib, Surxondaryo viloyatida xizmat o‘tayotgan Surxondaryo viloyati Milliy
gvardiyasi boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi, Surxondaryo viloyati DXX ChQ “Janub” OQ, Surxondaryo
viloyati Favkulodda vaziyatlar boshkarmasi, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi;
Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash
boshqarmasi, Termiz xalqaro a’roportida xavsizlikni ta’minlash alohida bataloni xodimlaridan iborat 7 ta terma jamoadan jami
48 nafar sportchilar katnashdi.
Xalqaro toifadagi
hakamlar tomonidan baholab borilgan ushbu nufuzli musobaqa natijalariga ko‘ra 1
o‘rinni o‘rinni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi terma jamoasi, 2 o‘rinni
Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi terma jamoasi, 3 o‘rinni Surxondaryo viloyati DXX
ChQ “Janub” OQ sportchilari qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar O‘zbekiston
Respublikasi IIV “Dinamo” JTSJ Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan diplom, medal
va qimmatbaxo esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar
Shu o‘rinda aytish joizki “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati qoshida tashkil etilgan “Kurash”, “Erkin kurash”, “DZYuDO”, “Qo‘l jang”, “Triatlon”, “Futbol” , “Yunon-Rum kurashi”, “Kombat aykido” “Voleybol” to‘garaklarida hozirgi kunda jami 527 nafar o‘smirlar muntazam shug‘ullanishib respublika va xalqaro musobaqalarda munosib o‘rinlarni egallashmoqda