Surxondaryo viloyati sektor rahbarlari va viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari tomonidan, kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlashga jalb etilgan xodimlarga xizmat oldi yo‘riqnoma berilib, yangi yil bayrami bilan qutlandi.
Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga binoan xalqimizning osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarni bayramona kayfiyatini yuqori darajada tashkil etish, kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash, birinchi galdagi vazifa etib belgilangan.
Viloyat
sektor rahbarlari va huquqni muhofaza qiluvchi
organ boshliqlari tomonidan, jamoat joylari va Yangi yil archalari atrofiga jalb
etilgan xodimlarga xizmat oldi yo‘riqnoma berilib, xizmatga jalb etilgan xodimlarga
Yangi yil bayrami sovg‘alari berildi.
Tadbirda,
Yangi yil archalari atrofida ko‘rilgan xavfsizlik chora-tadbirlari, fuqarolarga
yaratilgan shart-sharoitlar va xizmatga jalb etilgan xodimlarning shayligi o‘rganildi.
Yangi yil tadbirlarini tinch va osoyishta o‘tkazilishini ta’minlash, shuningdek, yong‘in xavfsizligiga qat’iy rioya etilishi yuzasidan mas’ul rahbar hamda xodimlar zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.