Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i biriktirilgan qizil toifadagi mahallada o‘rganishlar olib bordi
Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik A.Choriev Sariosiyo tumanidagi qizil toifaga kiritilgan Mirzo Ulug‘bek mahallasida kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.
Mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan uchrashuv
o‘tkazib, mahallada o‘tgan davr mobaynida sodir etilgan jinoyatlar atroflicha muhokama
qilindi. Ko‘cha va ko‘ngilochar joylarga, ko‘p qavatli uylarga kuzatuv kameralarini
o‘rnatish, aholi xonadonlari va tadbirkorlik ob’ektlariga qo‘riqlash signalizatsiya
vositalarini o‘rnatish zarurligi qayd etilib, fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini
olib borish yuzasidan tavsiyalar berildi. Mahallada jinoyatlarning barvaqt oldini
olish borasida manzilli tadbirlar belgilandi. Hududda profilaktik tadbirlar kuchaytirilib,
fuqarolar o‘rtasida huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish
maqsadida profilaktik suhbatlar, reydlar va nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Mahallada
olib borilgan o‘rganishlar davomida sodir etilgan ayrim jinoyatlar hududda joylashgan
Dehqon (oziq-ovqat) bozori hamda savdo do‘konlarida bo‘lganligi aniqlangan.
Boshqarma boshlig‘i va tuman mas’ullari ushbu hududda bo‘lib,
bozor ma’muriyati va tadbirkorlar bilan uchrashdi. Bozor va unga tutash barcha savdo
do‘konlarni qo‘riqlovga olish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. Shu kuni
ushbu mahalladagi aholi gavjum joylarga qo‘riqlash xizmati afzalliklari yuzasidan
targ‘ibot va tashviqot ishlari ham olib borildi.
Aholiga qo‘riqlash xizmatining texnik vositalari, o‘rnatiladigan signalizatsiya vositalari haqida ma’lumotlar berilib, ishlash tartibi ko‘rsatib berildi. Mahallani "qizil" toifadan chiqarish, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi profilaktik ishlar davom etmoqda.