Surxondaryo viloyati hokimligida ilmiy salohiyat o‘smoqda
Surxondaryo viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari, polkovnik Faxriddin Valiyevich Mengliyev "Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)" mavzuidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Mamlakatimizda
huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olib, mahallalarda xavfsiz muhitni
yaratishga qaratilgan ilmiy ish "Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat
xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati" ixtisosligi doirasida
tayyorlangan bo‘lib, Faxriddin Mengliyevga yuridik fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi.
Faxriddin Mengliyev
2006-2021-yillarda ichki ishlar organlarida turli mas’uliyatli lavozimlarda,
jumladan, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va viloyat Ichki ishlar
boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida samarali xizmat qilgan.
2020-yildan buyon esa Surxondaryo viloyati hokimligida faoliyat yuritmoqda.
Viloyat hokimligi jamoasi Faxriddin Mengliyevni ilmiy unvon bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatida yangi zafarlar tilaydi.