24 Noyabr 2023 yil 1326

Surxondaryo viloyati hokimi Jarqo‘rg‘on tumanida vohadagi profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi

Joriy yilning 24 noyabr kuni Surxondaryo viloyati hududida mahalla “yettiligi” faoliyatini namunali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminarlardan yana biri tuman Madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida tashkil etilgan tadbirda mahalla “yettiligi” faoliyatida profilaktika inspektorlarining asosiy vazifalari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish, hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari sektor rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi. Bu boradagi ishlarni jonlantirish maqsadida samarali faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish, sustkashlikka yo‘l qo‘yganlarga nisbatan chora ko‘rish tizimini sifatli tashkil etish chora-tadbirlari belgilab berildi.

Tadbirda mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilgani, xususan, har bir mahallada oila va shaxs kesimida jinoyatchilikning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish orqali huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasini ta’minlash amaliyoti joriy etilgani ta’kidlandi.

Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan profilaktik ishlar natijasida, 39 foizdan oshiqroq (284 ta) mahallalarda birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmaganligi qayd etildi.

Seminar yakunida namunali faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari tomonidan jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirgan ishlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Text to speech