10 Oktyabr 2023 yil 956

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida markaz faoliyati hamda bu yerdagi mavjud sharoitlar bilan tanishilib, vaqtinchalik saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan suhbat o‘tkazildi. 

Markazda joriy yilning 9 oyi davomida 209 nafar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lib, 9 nafariga vasiylik yoki homiylik tayinlash masalasi hal etilgan, 2 nafari ixtisoslashgan ta’lim muassasalariga joylashtirilgan hamda tuzalish yo‘liga o‘tmagan 9 nafar o‘g‘il va qiz bolalar respublika o‘quv tarbiya muassasalariga jo‘natilgan. 

Bolalarni qarovsiz va nazoratsiz qoldirilmaslik, ularning tarbiyasiga mas’ul shaxslar, vasiylik yoki homiylik tayinlanganlarning mas’uliyatini oshirish, markazdagi bolalar bilan manzilli ishlash borasida vazifalar belgilandi.

 

Text to speech