30 Mart 2025 yil 381

Surxondaryo viloyati mas’ullari Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-son qarorlari ijrosi yuzasidan o‘rganishlari Jarqo‘rg‘on tumanida davom ettirildi.

Xabaringiz bor, Surxondaryo viloyati prokuraturasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvar kunidagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda. O‘rganishlarning navbatdagi manzili Jarqo‘rg‘on tumanida davom etdi.

Xususan, ishchi guruh tomonidan tuman prokuraturasida tashkil etilgan tuman muvofiqlashtiruvchi shtab va ishchi guruh a’zolari tomonidan Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlari muhokama qilinib, tuman “Yo‘l xarita”da belgilab berilgan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida sifatli ijro etilishini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar haqqoniyligini kunlik nazorat tartibida o‘rganib borilishi lozimligi ta’kidlandi.

Tuman hududida fuqarolar tomonidan huquqbuzarlik va yo‘l harakati qoidalarini 20 ta va undan ortiq qoidabuzarlik qilgan haydovchilar, yo‘lovchi tashuvchi taksistlar bilan ham profilaktik tushuntirishlar olib borilib, viloyat hududida sodir etilgan va oqibatda ayanchli yakun topgan avto halokatlar aks etgan video rolik yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Bundan tashqari, Davlatimiz rahbari raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Bu boradagi amaliy ishlar viloyatning boshqa hududlarida ham davom ettirilmoqda.

Text to speech