Surxondaryo viloyati mas’ullari tomonidan Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-son qarorlari ijrosi bo‘yicha o‘rganishlar Muzrabot tumanida davom ettirildi.
Surxondaryo viloyati prokuraturasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvar kunidagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish manzili Muzrabot tumanida davom ettirildi.
Xususan, ishchi guruh tumandagi kriminogen
vaziyati og‘ir bo‘lgan “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faollari
tomonidan Prezident qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan
tanishib, mas’ullarga bu boradagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar
berildi.
Shuningdek, tuman prokuraturasida tashkil
etilgan tuman muvofiqlashtiruvchi shtab va ishchi guruh a’zolari tomonidan Qaror
ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlari muhokama qilinib, tuman “Yo‘l xarita”da
belgilab berilgan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida sifatli ijro etilishini ta’minlash
hamda amalga oshirilayotgan ishlar haqqoniyligini kunlik nazorat tartibida o‘rganib
borilishi lozimligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, Davlatimiz rahbari raisligida
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar
ijrosi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar
belgilab olindi.
Bu boradagi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.